«Chelsi» APLda oʻz maydonida «Lids»ga yirik hisobda yutqazdi
«Lids» Londonda «Chelsi»ni 4:1 hisobida magʻlub etdi. 11 turdan keyin jamoalar APL jadvalida oltinchi va sakkizinchi oʻrinlarda bormoqda.
23-noyabr, 16:43По-русски

matchtv.ru
«Chelsi» Angliya chempionatining 11-turidagi uy uchrashuvida «Lids»ga 1:4 hisobida yutqazdi. Londonliklar 16 ochko bilan sakkizinchi, «Lids» esa 17 ochko bilan oltinchi oʻrinda bormoqda.
Gʻoliblar safida Noa Okafor ikkita gol urdi. Dominik Kalvert-Lyuin penaltini aniq amalga oshirdi, yana bir golni Brenden Aaronson kiritdi. «Chelsi»ning yagona goliga Emmanuel Emega mualliflik qildi.
Keyingi turda 27 noyabr kuni «Chelsi» safarda «Nottingem Forest» bilan oʻynaydi. Bir kun oʻtib, «Lids» «Koventri»ni qabul qiladi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
