JPMorgan Chase: provayderlarda kiberhujumdan soʻng mijoz maʼlumotlari oshkor boʻlishi mumkin
JPMorgan Chase tashqi xizmat koʻrsatuvchilariga qilingan kiberhujum mijozlar ismlari va email-manzillari oshkor boʻlishiga olib kelgan boʻlishi mumkinligini bildirdi. Taʼsirlanganlar soni aytilmadi.

Payshanba kuni JPMorgan Chase hujum unga xizmat koʻrsatuvchi tashqi kompaniyalarga taʼsir qilganini bildirdi. Bank maʼlumotiga koʻra, hujumchilar marketing maʼlumotlariga, jumladan ayrim mijozlarning ismlari va elektron pochta manzillariga kirish imkoniga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bank oʻz xizmatlari izdan chiqmaganini aytdi. Tekshiruv mijozlarga taʼsir koʻrsatganini tasdiqlasa, JPMorgan Chase ular bilan bevosita bogʻlanib, yordam, jumladan kredit tarixini bepul monitoring qilish xizmatini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Hujum nishoniga aylangan xizmat koʻrsatuvchilar va taʼsirlangan mijozlarning ehtimoliy soni hozircha aytilmadi. Shu hafta boshida bank obyektlarida oʻrnatilgan apparat tizimlaridagi dasturiy xato sabab alohida muammo yuzaga kelgan. JPMorgan Chase bu nosozlikda kiberhujum alomatlarini koʻrmayotganini bildirdi; shu sabab mijozlarning bir qismiga xizmat koʻrsatish koʻproq vaqt olgan. Bank ikki holat oʻzaro bogʻliq emasligini, mijozlar oʻz hisoblari va mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatini saqlab qolganini ham taʼkidladi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
