Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«PSJ» «RB Leyptsig» qanot hujumchisini ustuvor nishonlardan biri deb bilmoqda

«PSJ» qishda hujumni kuchaytirish variantlarini oʻrganmoqda va «RB Leyptsig» qanot hujumchisi Antonio Nusani ustuvor nishonlar roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda AS yozmoqda.

25-noyabr, 15:51По-русски

Read in English

championat.com

Parijliklarni «Benfika»dan Gianluka Prestyanni, «Bayer»dan Ibrahima Maza, «Bavariya»dan Luis Dias va «Chelsi»dan Estevao Vilyan ham qiziqtirmoqda. Boshqa nomzodlar qatorida Niko Uilyams va Xulian Alvares ham tilga olinmoqda. Shu bilan birga, Luis Enrike katta xarajatlarga shoshilishni istamayapti.

Yangi futbolchini izlash «PSJ» qanot hujumchilari Desire Doue va Xvicha Kvaratsxeliya jarohat olgani bilan bogʻliq: har ikki futbolchi ham safdan chiqqan.