Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

NBA Yevropadagi arenalarga qariyb 10 mlrd yevro investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

NBA 2027 yilgacha FIBA bilan hamkorlikda yangi professional liga tashkil etishga tayyorgarlik doirasida Yevropadagi arenalarni rivojlantirish va yangilashga sarmoya kiritish uchun investitsiya kompaniyalarini jalb qildi.

26-noyabr, 12:51По-русски

Read in English

bbc.co.uk

Mablagʻlar nafaqat sport inshootlariga, balki ularga tutash hududlarni rivojlantirishga ham yoʻnaltirilishi koʻzda tutilmoqda. Rejalarda uy-joylar, ish maydonlari, restoranlar, doʻkonlar va jamoat hududlari bor — ularning barchasi yil davomida odamlarni oʻziga jalb qiladigan maskanlarga aylanishi koʻzda tutilgan.

Boʻlajak klublar va mulkdorlar guruhlari zamonaviy arenalar hamda ularning atrofidagi infratuzilmani barpo etish uchun NBA kapitali va tajribasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Tashabbus NBA va FIBAning 2027 yilda Yevropada yangi professional basketbol tizimini ishga tushirish rejalariga kiradi.

NBA komissari Adam Silver zamonaviy arenalar va ular bilan bogʻliq loyihalar jamoalarga muxlislar taassurotlarini yaxshilash hamda koʻproq tadbirlarni jalb etishga yordam berishi mumkinligini aytdi.

Eʼlonda keltirilgan The Sports Consultancy tadqiqotiga koʻra, yangi liga Yevropa iqtisodiyotiga 24 mlrd yevrodan ortiq yalpi qoʻshilgan qiymat keltirishi mumkin. Shuningdek, u har yili toʻliq bandlik ekvivalentida qariyb 15 000 ta ish oʻrnini qoʻllab-quvvatlashi va dastlabki 10 yil ichida qariyb 70 mln tomoshabinni jalb qilishi mumkin.