Arteta Raya jarohati haqida: operatsiya kerak boʻlmaydi, holat kutilganidan yaxshi
Darvozabon David Raya Chempionlar ligasida «Borussia»ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi, biroq «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaga koʻra, unga operatsiya kerak boʻlmaydi.
24-noyabr, 13:41По-русски

championat.com
Raya Dortmundning «Borussia»siga qarshi yaqin oradagi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Artetaning aytishicha, dastlabki koʻrikdan soʻng jarohat taxmin qilinganidan yengilroq koʻrinmoqda, biroq jamoaga qoʻshimcha tekshiruvlar kerak.
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, dastlab eng yomonidan xavotir olishgan: darvozabon ogʻriqqa deyarli chiday olmagan. Hozir vaziyat umidbaxsh deb baholanmoqda. Jarrohlik aralashuvi kerak boʻlmaydi — u Rayani bir necha oyga safdan chiqarishi mumkin edi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
