Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Home Depot Richard Makfeylni yangi bosh direktor etib tayinladi

Home Depot moliyaviy direktori Richard Makfeyl kelasi haftadan Ted Dekkerning oʻrniga CEO boʻladi. Enn-Mari Kempbell prezident va operatsion direktor lavozimlarini egallaydi.

18-noyabr, 15:23По-русски

Read in English

cnbc.com

Home Depot seshanba kuni rahbariyat almashishini eʼlon qildi. Makfeylni bosh direktor etib tayinlash kelasi haftadan kuchga kiradi. U kompaniyani 2022-yildan beri boshqarib kelgan Dekkerning oʻrnini egallaydi.

Shuningdek, kompaniya AQShdagi doʻkonlar va operatsiyalar boʻyicha katta ijrochi vitse-prezident Enn-Mari Kempbell prezident va operatsion direktor boʻlishini maʼlum qildi. Jordan Broggi esa Makfeyl oʻrniga moliyaviy direktor etib tanlandi.

Dekker avgust oyidan beri tibbiy sabablarga koʻra vaqtincha taʼtilda edi. Home Depot seshanba kuni uning taʼtildan qaytganini, biroq CEO lavozimini tark etishini bildirdi. Shu bilan birga, Dekker direktorlar kengashi raisi sifatida ishlashda davom etadi.

Makfeyl Home Depotʼda 2005-yildan beri ishlaydi va shu vaqt ichida bir nechta rahbarlik lavozimlarida boʻlgan. Yangi tayinlovlar haqidagi bayonotida Dekker yangi rahbarlar kompaniya mavqeini mustahkamlashi, bozor ulushini oshirishi va oʻsishni taʼminlashiga ishonishini aytdi. U oʻtish davrida ularni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini ham bildirdi.