Kamara Las-Vegasda Haas safida yana startga chiqadi
Rafael Kamara Las-Vegas Gran-prisida Haas safida ikkinchi bor qatnashadi. Braziliyalik Esteban Ocon oʻrnini egallaydi, jamoaning keyingi ikki bosqichdagi tarkibi esa hali eʼlon qilinmagan.

21 yoshli Kamara Haas safida avvalgi bosqichda, San-Pauluda debyut qilgan. U saralashda 13-oʻrinni egalladi va yomgʻirli hamda quruq sharoitlar almashgan murakkab poygada oxirgi boʻlib finishga yetib keldi. Endi u Las-Vegasda jamoa bolidini yana boshqaradi.
Kamara 2027 yilgi mavsumda Haasning asosiy piloti boʻladi. Ocon oʻtgan oy Mexiko Gran-prisida jamoa rahbari Ayao Komatsu bilan yuz bergan mojaro ortidan jamoani tark etdi. Yilning Qatarda va Abu-Dabida oʻtadigan yakuniy bosqichlarida Haas safida Oliver Bearman bilan birga kim qatnashishi haqida jamoa hozircha maʼlumot bermadi.
Las-Vegasdagi birinchi mashgʻulotda Haas uchun zaxira piloti Ryo Hirakava qatnashadi: yaponiyalik Bearmanning mashinasini boshqaradi. Kamaraning oʻzi esa hozir Formula 2 chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Bu mavsum ham Qatardagi va Abu-Dabidagi bosqichlar bilan yakunlanadi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
