Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Yashil hududlar ekologik barqarorlik asosidir

Buxoro viloyatida bojxona xizmati xodimlari qurilayotgan aeroport va yoʻllar boʻyiga 1 mingdan ortiq daraxt, Olot tumanida esa 9 200 tup tut koʻchati ekdi.

24-noyabr, 18:09По-русски

Read in English

Buxoro viloyatida «Yashil makon» loyihasi doirasida Bojxona qoʻmitasi viloyat boshqarmasi xodimlari hududni obodonlashtirish ishlarida qatnashdi. Ishlar umumxalq hashari va kuzgi mavsum davomida amalga oshirildi.

Qurilayotgan yangi xalqaro aeroport yoniga hamda avtomobil yoʻllari yoqalariga 1 mingdan ortiq daraxt koʻchati ekildi. Olot tumanida bojxona xizmati 9 200 tup tut koʻchati oʻtqazdi. Bu ishlar haqidagi maʼlumotlar «Yashil makon» elektron platformasiga kiritildi.

Tadbirlar boshqarma boshligʻi B. Muratov rahbarligida oʻtkazildi. Qayd etilishicha, koʻkalamzorlashtirish jarayonida agrotexnik talablar bajarilgan.