Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

BTS aʼzosi Jiminning LE SSERAFIMga munosabati foydalanuvchilarni ikkiga boʻldi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari BTS jonli efirida Jiminning LE SSERAFIMni gʻalaba bilan tabriklashga munosabati sabab ikkiga boʻlindi.

24-noyabr, 14:55По-русски

Read in English

koreaboo.com

LE SSERAFIM «Spaghetti» qoʻshigʻi uchun «eng yaxshi kollaboratsiya» nominatsiyasida gʻolib boʻlgach, BTS aʼzolari jonli efirga chiqib, natijani muhokama qildi. Foydalanuvchilar BTS aʼzosi Jimin HYBE guruhidagi hamkasblarini tabriklagan J-Hopening gapini bosishga uringan, degan xulosaga keldi.

Baʼzi sharhlovchilar Jimin boshqa aʼzolarga LE SSERAFIMni ochiqchasiga maqtashga goʻyoki yoʻl qoʻymayapti, deya uni aybladi. Boshqalar esa u suhbatning oʻzida guruhni tabriklagani va avval ham uni qoʻllab-quvvatlaganini eslatdi. Ayrim foydalanuvchilar bu holatni BTS aʼzolari oʻrtasidagi ichki hazil deb atab, u LE SSERAFIMga salbiy munosabatni anglatmasligini aytdi.