Verstappen Yaqin Sharqdagi poygalar rejasi boʻyicha F1 rahbariyatiga «ishonadi»
Red Bull haydovchisi Maks Verstappen mavsumning soʻnggi poygalarini Qatar va Abu-Dabida oʻtkazish rejasini qoʻlladi, garchi sentyabrda Yaqin Sharqdagi mojaro sabab shubha bildirgan boʻlsa-da.

Qatar Gran-prisi 27–29 noyabrga, Abu-Dabi Gran-prisi esa 4–6 dekabrga rejalashtirilgan. Bu bosqichlar Las-Vegasdagi poygadan keyin mavsumni yakunlashi kerak va hozircha taqvimda qolmoqda.
Verstappen avval chempionatni Yaqin Sharqda yakunlashga qarshi chiqqan, biroq endi xavfsizlik masalasida F1 va FIAga ishonishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, haydovchilarda zarur maʼlumotlarning barchasi yoʻq, shuning uchun ular chempionat va federatsiya rahbarlarining qarorlariga tayanishiga toʻgʻri keladi.
Aprelda F1 Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi bosqichlarni bekor qilgandi. 8 noyabr kuni San-Paulu Gran-prisidan keyin tashkilotchilar final poygasini Italiyada oʻtkazish zaxira rejasidan voz kechdi.
Sharl Lekler ham vaziyatni murakkab deb atadi, biroq FIA tartib-taomillariga ishonib ish tutishini aytdi. Jorj Rassell Gran-pri haydovchilari assotsiatsiyasi qaror qabul qilishda qatnashmasligini, bu masala uning vakolatidan tashqarida ekanini aytdi. Lando Norris esa bosqichlar oldidan Bahrayndagi doʻstining toʻyiga borishni rejalashtirayotganini qoʻshimcha qildi, ammo muxlislar va jamoalar xodimlari haqida koʻproq xavotirda.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
