Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Javaʼdagi kritik zaiflik saytlar va servislar uchun masofadan kod bajarish xavfini tugʻdiradi

Calif Research tadqiqotchilari OpenJDKʼda 9,2/10 baholangan Java4Shell zaifligini aniqladi. U baʼzan ilovaga kirmasdan turib, kodni masofadan bajarishga imkon beradi.

19-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

tomshardware.com

Java4Shell zaifligi CVSS 4.0 boʻyicha 10 balldan 9,2 ball oldi. U Java distributivlarining aksariyati uchun asos boʻlgan OpenJDKʼdagi Base64 dekodlashni past darajada optimallashtirish xatosi bilan bogʻliq.

Hujum uchun AVX-512 va VBMI kengaytmasini qoʻllab-quvvatlaydigan x86-64 protsessor kerak. Zaif tizimlarda 64 ta «A» belgisi va «=» belgisidan maxsus tuzilgan satr xotiraning qoʻshni qismini buzishi mumkin. Bu maʼlumotlarning oshkor boʻlishi yoki kodning masofadan bajarilishi uchun sharoit yaratadi.

Calif Research Keycloak, Jira, Confluence, Jenkins va PingFederateʼda avtorizatsiyasiz kod bajarilishini namoyish etdi. Tizimga kirilgandan soʻng hujum Apache Kafka Broker, Solr, Elasticsearch, Gerrit va Spinnakerʼda ham koʻrsatildi. Roʻyxat toʻliq emas: zaif dekoder oddiy funksiyalar, jumladan autentifikatsiya va fayl yuklash orqali ishlatilishi mumkin.

Oracle xatoni tuzatib, mahsulotlarining yangilangan versiyalarini chiqardi. Biroq Java koʻpincha operatsion tizimlar, dasturlar va konteynerlar tarkibida keladi, shu bois koʻplab kompaniyalar komponentlarni yangilashi kerak boʻladi. VBMIʼni qoʻllab-quvvatlamaydigan eski protsessorlarga zaiflik taʼsir qilmaydi.