Panatinaikos Yevroliganing 13-turida Jalgirisni yengib, ikki magʻlubiyat seriyasini uzdi
Panatinaikos Yevroliganing 13-turida Jalgirisni 87:72 hisobida yengdi. Yunon jamoasi uchun bu mavsumdagi toʻqqizinchi gʻalaba boʻldi.
20-noyabr, 13:55По-русски

championat.com
Uchrashuv choraklar boʻyicha 28:17, 19:22, 17:16, 28:17 hisoblari bilan Panatinaikos foydasiga yakunlandi. Gʻoliblar safida eng sermahsul oʻyinchi 31 yoshli himoyachi Kendrik Nann boʻldi: u 21 ochko toʻpladi, uchta ribaund oldi, uchta uzatma berdi va bir marta toʻpni yoʻqotdi.
Jalgiris safida eng koʻp ochkoni 24 yoshli forvard Ažuolas Tubelis toʻpladi. Uning hisobida 17 ochko, oltita ribaund va ikkita uzatma bor.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
