Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

OAV: Fransiya hukumati YeIning 2028–2034-yillar byudjeti loyihasini rad etdi

Fransiya hukumati 204 mlrd yevroga qisqartirilgan va raqamli soliqni nazarda tutuvchi YeI byudjeti loyihasini kelishuv uchun asos boʻla olmasligini aytib, rad etdi.

23-noyabr, 17:14По-русски

Read in English

zdfheute.de

Yevropa kengashi raisi Antonio Kosta taqdim etgan yangi paket Yevrokomissiyaning 2 trln yevrolik dastlabki variantiga nisbatan 204 mlrd yevroga qisqartirilgan. Shu bilan birga, loyiha umumiy byudjetni 10 foizga kamaytirish va YeIning mudofaa xarajatlarini 232 foizga oshirishni nazarda tutadi.

Yelisey saroyi taklifni juda hafsalani pir qiluvchi deb atadi. Parijda loyiha parametrlari, xususan, yagona qishloq xoʻjaligi siyosati doirasida fermerlar daromadlarini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlamasligi aytildi.

Germaniyada loyiha dastlabki qadam deb baholandi, biroq uning hajmi hamon haddan tashqari ekani bildirildi. Kansler Fridrix Merts ittifoq mamlakatlari davlat moliyasini sogʻlomlashtirish zarur boʻlgan sharoitda YeI byudjetini 40 foizdan koʻproqqa oshirishni qabul qilish qiyinligini taʼkidladi.

Kosta murosali variantni 26–27-noyabr kunlari Bryusselda boʻlib oʻtadigan sammitda YeI mamlakatlari yetakchilariga taqdim etadi.