BRICS banki Oʻzbekistonga “yashil” va atom energetikasiga $300 mln ajratadi
NDB va Oʻzbekiston hukumati kam uglerodli energetikaning birinchi bosqichi uchun $300 mln miqdorida kredit ajratish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Mablagʻlar quyosh, shamol, gidroenergetika va atom energetikasi loyihalariga yoʻnaltiriladi.

Loyiha elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qoplash va mamlakatning tabiiy gazga qaramligini kamaytirishga qaratilgan. Uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi muvofiqlashtiradi.
NDB vitse-prezidenti Roman Serov bank Oʻzbekistonda yangi infratuzilma loyihalaridan iborat portfelni allaqachon shakllantirayotganini aytdi.
Oʻzbekiston NDB tarkibiga 2026-yil iyun oyida qoʻshildi va uning tarkibidagi Markaziy Osiyoning birinchi davlatiga aylandi. Bank 2015-yilda BRICS mamlakatlari — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan tashkil etilgan.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
