Shvetsiya rossiyalik sportchilar kirishiga cheklov tayyorlamoqda
Migratsiya ishlari vaziri Johan Forssell Shvetsiya rossiyalik sportchilar kirishiga cheklov tayyorlayotganini aytdi. Bu ularning mamlakatdagi musobaqalarda qatnashishiga toʻsqinlik qilishi kerak.
18-noyabr, 17:33По-русски

sports.ru
Forssell matbuot anjumanida Rossiya fuqarolarining Shvetsiyaga kirishini cheklash uchun hukumat uch yoʻnalishda ish olib borayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi qoidalar, avvalo, sportchilarga taalluqli boʻladi.
Avvalroq Norvegiya va Finlyandiya rossiyalik sportchilar, jumladan, neytral maqomdagi atletlar uchun cheklovlar joriy etgan. 2027 yilda Shvetsiyaning Falun shahrida changʻida poyga boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
