Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

«Bu shunchaki bemaʼnilik»: taniqli faylasuf AI ongi masalasini koʻtardi

Nyu-York universiteti faxriy professori, faylasuf Tomas Nagel AI modellarida ong borligi haqidagi fikrni bemaʼni dedi. Uningcha, faqat tilga oid javoblar yetarli emas.

19-noyabr, 12:53По-русски

Read in English

wired.com

Nagel shu hafta falsafa va madaniyat sohasidagi $1 mlnlik Berggruen mukofotiga sazovor boʻldi. U Grinvich-Villijdagi uyida bergan intervyusida AI haqidagi qarashlarini aytdi.

89 yoshli faylasufningcha, yirik til modellari inson nutqini ishonarli takrorlaydi, xolos. Murakkab data-markazlar asab tizimiga oʻxshamaydi, ong esa ehtimol shunga oʻxshash narsaga ega organizmni talab qiladi. U fizikasi va kimyosi boshqacha mavjudotlarda ong boʻlishini istisno qilmaydi, ammo bunday hayot shaklini yaratishga urinishni erta deb biladi.

Nagel Claudeʼning «farovonligi» haqida qaygʻurishni ham rad etdi: model ruhiy hayotga ega emas, faqat ong haqida oʻylashni taqlid qiladi. U odamlar bunday tizimlarni ongli deb oʻylab qolishidan ogohlantirdi, kompaniyalarning tijoriy manfaatlari esa bunga yordam beradi. Anthropicʼning Claudeʼni mustaqil fikrlashga undovchi harakatlarini faylasuf jinoyat deb atadi.

Modellar ishonarli falsafiy matnlar yoza oladi, manbalarni topadi, maqolalarni qayta bayon qiladi va qoralamalarni tanqid qiladi. Biroq Nagel ularning tarqalishi bilimlarni rivojlantirish va tegishli koʻnikmalarni madaniyatda saqlash uchun zarur murakkab intellektual mehnatga odamlarning ragʻbatini pasaytirishidan xavotirda.