Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Jeyms Harden NBAda 50+ ochkoli oʻyinlar boʻyicha Kobi Brayantdan oʻzib ketdi

Klivlend Kavalers himoyachisi Jeyms Harden Indiana Peysersga qarshi 51 ochko toʻplab, NBAda 50+ ochko qayd etgan 26-oʻyinini oʻtkazdi va Kobi Brayantdan oʻzib ketdi.

22-noyabr, 17:43По-русски

Read in English

championat.com

21 noyabrga oʻtar kechasi Klivlend Kavalers Indiana Peysersni 128:119 hisobida magʻlub etdi. Harden maydondan 26 ta zarbadan 15 tasini, jumladan 11 ta uch ochkolik zarbadan yettitasini aniq amalga oshirdi va 14 ta jarima toʻpining barchasini kiritdi. Shuningdek, u hisobiga oltita ribaund va oltita samarali uzatma yozildi.

Brayantda 50 va undan ortiq ochko jamgʻargan 25 ta oʻyin qoldi. NBA muntazam chempionatlarida bunday oʻyinlarni undan koʻproq faqat Maykl Jordan — 31 ta va Uilt Chemberlen — 118 ta oʻtkazgan.