Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddati belgilanmaganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash uchun muddat belgilamaganini, ammo bunga imkon qadar tezroq erishmoqchi ekanini aytdi.

25 noyabr kuni Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha aniq vaqt chegaralariga ega emasligini bildirdi. Uning aytishicha, u mojaroni bugunoq yakunlashni istaydi, biroq buning uchun har ikki tomon harakat qilishi kerak.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq amerikalik muzokarachilar goʻyoki Moskva va Kiyev oʻrtasida yanvargacha kelishuv tuzishga umid qilayotganini aytgandi. Tramp bu haqda berilgan savolga hayrat bilan javob berib, Zelenskiy aynan undan nimani istayotganini soʻradi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov seshanba kuni muzokaralarning navbatdagi raundi sanasi hozircha belgilanmaganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya rahbariyati Abu-Dabida muzokaralar davom etishiga umid qilmoqda.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
