Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Putin, Si Szinpin va Trampning uchrashuvi 19 noyabr kuni XXR rahbarining davlat qarorgohida oʻtkazilishi belgilandi

Rossiya, AQSh va Xitoy yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi 19 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da Shenchjenda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

17-noyabr, 14:59По-русски
kremlin.ru / mk.ru

Xitoyning Shenchjen shahrida 19 noyabr kuni Vladimir Putin, Si Szinpin va Donald Trampning uchrashuvi rejalashtirilgan. Muzokaralar APEC sammiti doirasida XXR raisining davlat qarorgohida boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv vaqti hamda joyi haqida Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 16 noyabr kuni Moskvada oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi. Uchrashuvning boshlanish vaqti mahalliy vaqt bilan 14:30, Toshkent vaqti bilan esa 11:30 etib belgilangan.