Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida qiymati 171,4 mln dollar boʻlgan 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasi ishga tushirildi

7 noyabr kuni Toshkent viloyatidagi quvvati 1602 MVA boʻlgan 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasiga kuchlanish berildi. Qiymati 171,4 mln dollar boʻlgan loyiha Jahon banki ishtirokida amalga oshirildi.

9-noyabr, 13:33По-русски

Read in English

gov.uz

7 noyabr kuni Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida yangi «Halqa» podstansiyasiga kuchlanish berish boshlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Quvvati 1602 MVA boʻlgan obyekt mamlakatdagi yuqori kuchlanishli infratuzilmaning eng yirik va zamonaviy elementlaridan biriga aylandi.

Podstansiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismida elektr taʼminoti ishonchliligini oshirishi, shuningdek, mavjud tarmoqlardagi yuklamani yanada bir tekis taqsimlashga yordam berishi kerak. Loyiha doirasida yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari qurildi: 220 kV kuchlanishli 213 kilometr va 500 kV kuchlanishli 72 kilometr liniya.

Vazirlik yuklamaning qayta taqsimlanishi Toshkent issiqlik elektr stansiyasidagi yuklamani kamaytirishiga umid qilmoqda. Bu mazutdan foydalanishdan voz kechish imkonini beradi hamda ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirish hisobiga poytaxt va unga tutash hududlardagi ekologik vaziyat yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Loyiha Jahon banki ishtirokida amalga oshirildi. Hozir podstansiya va liniyalarni Oʻzbekistonning yagona elektr energetika tizimiga toʻliq integratsiya qilish boʻyicha yakuniy ishlar davom etmoqda.

Energetika vazirligi yaratilgan infratuzilma elektr energiyasini uzatish imkoniyatlarini kengaytiradi, uning oqimlarini taqsimlashni yaxshilaydi va ortib borayotgan talabni yanada ishonchli qondirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.