«Ertalabdan oʻzimni jamlagandim»: Andreeva finaldagi xotirjamligi haqida
Dunyoning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Mirra Andreeva WTA 2026 yilgi yakuniy turniri finalida Elina Svitolinaga qarshi qanday xotirjamlikni saqlaganini aytdi. U 7:5, 6:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Andreeva matbuot anjumanida ertalabki qizish mashgʻuloti paytidayoq oʻzini ruhiy tayyorlay boshlaganini aytdi. Xatolardan keyin u oʻziga hammasi joyida ekanini eslatib, oʻyinni davom ettirishga undagan.
Tennischining soʻzlariga koʻra, bunday ruhiy tayyorgarlik unga qizish mashgʻulotini yaxshiroq oʻtkazish, asabiylikni yengish, shuningdek, final davomida foydalanilmay qolgan imkoniyatlar va oʻz xatolariga chalgʻimaslikka yordam bergan. Uning qoʻshimcha qilishicha, shu sababli uchrashuvning muhim pallalarida oʻzini xotirjamroq his qilgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
