«Siuuu!»: Hoylund Portugaliya darvozasiga dubl qayd etdi va golni Ronaldu uslubida nishonladi
Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Hoylund Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (4:1) dubl qayd etdi va postini Krishtianu Ronalduga bagʻishladi.

Bragada Daniya terma jamoasi Portugaliyani 4:1 hisobida magʻlub etdi, Hoylund esa raqib darvozasini ikki marta ishgʻol qildi. Hujumchi gollardan birini Ronalduning oʻziga xos ishorasi bilan nishonladi.
Uchrashuvdan keyin «Napoli» hujumchisi Instagramʼda oʻyindan olingan suratni eʼlon qilib, shunday deb yozdi: «Menimcha, bu yerda mos keladigan yagona izoh — Siuuu!» Portugaliya uchun bu uchrashuv Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyingi ilk oʻyin boʻldi. Uchrashuv oldidan portugaliyalik futbolchilar sobiq sardor sharafiga yettinchi raqam tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
