Stiven Spilberg navbatdagi filmida vestern janriga murojaat qiladi
Stiven Spilberg Focus Features uchun Kevin Barrining «Qishdagi yurak» romani asosida vestern ishlab chiqmoqda. Filmda Killian Merfi va Mark Raylens rol ijro etadi.

Focus Features loyihasi ishlab chiqilish bosqichida, uning premyerasi 2028 yilga moʻljallangan. Spilberg Kevin Barrining The Heart in Winter romani asosida Pol Tomas Anderson yozgan ssenariy boʻyicha filmni suratga oladi.
Syujet XIX asr oxirida Amerika Gʻarbida oʻzlari uchun joy topishga urinayotgan ikki qochqin haqida hikoya qiladi. Film prodyuserlari Kristi Makosko Kriger, Sara Merfi, Anderson va Spilberg boʻladi. Suratga olish ishlarini 2027 yil qishida boshlash rejalashtirilgan.
Bu Spilberg uchun ilk vestern boʻladi. Uning aytishicha, u anchadan beri bu janrda ishlashni istagan, Anderson bilan hamkorlik qilish imkoniyati esa loyihani tanlashining sabablaridan biriga aylangan. Anderson ilk bor oʻzi rejissyorlik qilmaydigan film uchun ssenariy yozadi.
Bakli va Merfi Spilbergning ikki asosiy rol uchun birinchi tanlovi boʻlgan; aktyorlar avval birga suratga tushmagan. Rejissyor, shuningdek, bu vestern uning soʻnggi filmi boʻlmasligini aytdi.



