Tadqiqot: maktablarda mobil telefonlarni taqiqlash oʻzlashtirishni yaxshilaydi
Garvard tadqiqotchilari aniqlashicha, AQSh maktablarida dars vaqtida telefonlardan foydalanishni taqiqlash matematika va oʻqish boʻyicha natijalarni taxminan 1–2 haftalik taʼlim darajasiga yaxshilagan.

AQShda Garvard universiteti huzuridagi Taʼlim siyosatini tadqiq qilish markazi 4 600 ta maktabdagi MAP testlari natijalarini taqqosladi. Tahlil 3,3 mln nafar 3–10-sinf oʻquvchisini qamrab oldi: telefonlar dars vaqtida olib qoʻyiladigan maktablar va bunday cheklov mavjud boʻlmagan maktablar solishtirildi.
Bir yil ichida birinchi guruhdagi oʻquvchilarning matematika va oʻqish boʻyicha natijalari yaxshilandi. Tadqiqotchilar bu oʻsishni qoʻshimcha bir-ikki haftalik taʼlimga teng deb baholadi. Shu bilan birga, 2013-yildan beri smartfonlarning tarqalishi bilan oʻzlashtirishning pasayishi oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlik hozircha isbotlanmagan.
The Quarterly Journal of Economics jurnalida 2026-yil 30-oktabrda eʼlon qilingan boshqa bir tadqiqot cheklovlarning oʻrtacha taʼsiri nolga yaqin boʻlganini koʻrsatdi. Yuqori sinf oʻquvchilarida, ayniqsa matematika boʻyicha, natijalar yaxshilangan, oʻrta sinf oʻquvchilarida esa biroz pasaygan. Har ikki guruhda ham oʻquvchilar smartfonlardan kamroq foydalana boshlagan.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
