Nvidia Jensen Huang ketganidan keyin ham ochiq sunʼiy intellekt modellari yoʻnalishidan voz kechmadi
Nvidia kompaniyasining CEO vazifasini bajaruvchi Kolet Kress kompaniyaning ochiq modellar yoʻnalishiga sodiq qolganini tasdiqladi. Hugging Faceʼni 12,9 mlrd dollarga sotib olish boʻyicha kelishuv hamon rejada qolmoqda.

Nvidia hali ham Hugging Face platformasini 12,9 mlrd dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda. Sentabrda kelishilgan bitim yakunlansa, kompaniya tarixidagi hajmi boʻyicha ikkinchi eng yirik bitimga aylanadi. Kelishuvni yakunlash muddati eʼlon qilinmagan.
Kressning aytishicha, birlashuvdan soʻng Nvidia platformani kengaytirish, sunʼiy intellekt ishlab chiqishni yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish niyatida. Hugging Faceʼdan 18 mln dan ortiq ishlab chiquvchi va 200 000 ta kompaniya foydalanadi. Tahlilchilar bilan uchrashuvdagi savol-javoblarning ayrimlarida xaridning oʻzi bevosita muhokama qilinmadi.
Kressning soʻzlariga koʻra, ochiq modellar sunʼiy intellektni joriy etishni tezlashtirmoqda: OpenRouterʼdagi tokenlarning haftalik hajmi bir yil ichida 35 baravar, soʻnggi uch oyda esa 3,5 baravar oshdi. U, shuningdek, Nvidiaʼning ochiq modellar oilasi boʻlgan Nemotronʼni OpenRouterʼdagi AQShda ishlab chiqilgan modellar orasida eng koʻp foydalaniladigani deb atadi. Huang bu yoʻnalishni ilgari surgan edi, shu sababli uning ketishi kompaniyaning keyingi strategiyasi yuzasidan savollar tugʻdirdi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
