Eshli Barti 2027-yilda Tennis shon-shuhrati zaliga kiritiladi
Sobiq tennischi Eshli Barti Xalqaro tennis shon-shuhrati zaliga kiritish uchun tanlandi. Marosim 2027-yil avgustida oʻtkaziladi.

Uchta «Katta dubulgʻa» turniri chempioni Barti tennisdagi eng nufuzli mukofotga ega boʻladi. Uni Zalga kiritish haqidagi qarorni Xalqaro tennis shon-shuhrati zali matbuot xizmati eʼlon qildi.
2027-yilda Zalga kiritilish uchun nomzodlar roʻyxatidan rossiyalik Svetlana Kuznetsova va argentinalik Xuan-Martin del Potro ham joy olgan edi.
Shu bilan birga, nogironlar aravachasidagi tennischi Singo Kuniieda ham Shon-shuhrat zaliga kiritiladi. U Paralimpiya oʻyinlarida toʻrt marta gʻolib boʻlgan va «Katta dubulgʻa» turkumidagi 50 ta turnirda gʻalaba qozongan.
Marosim 2027-yil 26–28-avgust kunlari AQShning Nyuport shahrida boʻlib oʻtadi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
