Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va turk kompaniyalari taʼlim uchun raqamli texnologiyalarni muhokama qildi

Oʻzbekistonda 19 noyabr kuni turk kompaniyalari bilan maktab va professional taʼlim uchun LETAR platformasi muhokama qilindi. Tomonlar dasturlarning demo versiyalarini oʻrganishga kelishdi.

19-noyabr, 18:58По-русски

Read in English

gov.uz

Oʻzbekistonda 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda maktab va professional taʼlimga raqamli texnologiyalarni, jumladan, LETAR platformasini joriy etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Platforma raqamli egizaklar va kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanadi.

Ular yordamida oʻquvchilar virtual muhitda sanoat uskunalarida ishlash koʻnikmalarini xavfsiz egallashi, shuningdek, interaktiv uch oʻlchamli modellar orqali maktab fanlarini oʻrganishi mumkin.

Tomonlar dasturiy taʼminotni oʻzbek tili va milliy oʻquv dasturlariga moslashtirish, pedagoglarni tayyorlash hamda ish beruvchilarni bilimlarni baholashga jalb etish masalalarini ham muhokama qildi. Shuningdek, loyihalarni tanlab olingan taʼlim tashkilotlarida sinovdan oʻtkazish koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida mutaxassislarni jalb qilgan holda dasturlarning demo versiyalarini oʻrganish va natijalar asosida takliflar tayyorlashga kelishib olindi.