Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Verxoven Uaylderga qarshi? Kikboksing yulduzi Fyuri — Joshua janglari kechasida Opetayyaning oʻrnini egallashi mumkin

Deontey Uaylder Tayson Fyuri va Entoni Joshua jangi anderkartidagi bahs uchun yangi raqib izlamoqda. Boks kechasi 11 dekabr kuni Kardiffdagi «Principality» stadionida boʻlib oʻtadi.

19-noyabr, 17:53По-русски

Read in English

skysports.com

Dastlab Uaylder birinchi ogʻir vazn toifasidagi yulduz Jai Opetayya bilan jang qilishi kerak edi. Biroq avstraliyalik superogʻir vazndagi jangdan chiqdi va oʻz toifasida qoladi. Uaylder janglar roʻyxatidan tushib qolmaydi, tashkilotchilar esa unga raqib oʻrnini bosadigan bokschini izlamoqda.

Variantlardan biri niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxoven boʻlishi mumkin. U bu yil boksdagi debyutini darhol WBC jahon chempionligi unvoni uchun Aleksandr Usikka qarshi jangda oʻtkazdi.

Gizadagi oʻsha jangda Verxoven kutilmaganda munosib qarshilik koʻrsatdi va sensatsiya qayd etishiga jiddiy xavf tugʻdirdi, biroq 11-raundda Usik baribir uni toʻxtatdi.

Hozir niderlandiyalik sportchi keyingi qadamini tanlamoqda. Uning jamoasi Opetayya oʻrniga Uaylderga qarshi ringga chiqish ehtimolini istisno qilmayapti.

«Hozir juda koʻp qiziqarli voqealar yuz bermoqda. Biz Riko uchun bir nechta yorqin variantni koʻrib chiqyapmiz, ammo uni oʻzingiz ham bilasiz — u har doim katta jangga tayyor. Yaqin kunlarda nima boʻlishini koʻramiz», — dedi Verxovenning menejeri Karim Erja Sky Sportsʼga.