NATO kelajakda yadroviy kallakka ega Rossiya sunʼiy yoʻldoshi boʻlishi mumkinligini istisno etmayapti
NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans mudofaani rejalashtirishda kosmik tahdidlarni muntazam baholab borishini aytdi, biroq uchirishga tayyorgarlik koʻrilayotganini tasdiqlamadi.
25-noyabr, 11:51По-русски

kyivpost.com
Bu bayonot 23 noyabr kuni Berlinda oʻtkazilgan matbuot anjumanida yangradi. Ryutte Rossiyaning yadroviy kallakka ega sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqarish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
Gʻarb razvedka xizmatlari maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bunday apparatni yil oxirigacha orbitaga chiqarishi mumkin. Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi tasvirlangan voqealar haqida maʼlumotga ega emasligini va bu daʼvolarni asossiz deb hisoblashini bildirdi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
