Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi 31-sessiyasi oʻtkazilayotgan Antaliyada Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi.

11-noyabr, 18:59По-русски

Read in English

Delegatsiyaga energetika vaziri, sanoat va mineral resurslar vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchilik qildi.

Uchrashuv boshida vazir Oʻzbekiston rahbariga qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda valiahd shahzoda, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va har tomonlama sheriklikni bundan keyin ham kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Suhbatdoshlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganini taʼkidladilar. Mamlakatlar oʻrtasida yirik loyihalar portfeli shakllangan boʻlib, ularning salmoqli qismi “yashil” energetika bilan bogʻliq.

Asosiy eʼtibor neft-gaz, neft-kimyo, togʻ-kon sanoati va boshqa ustuvor tarmoqlardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratildi. Tomonlar ushbu yoʻnalishlar boʻyicha aniq amaliy takliflar ustida ishlashga kelishib oldilar.