«Akkuyu» AESining birinchi bloki 2026-yil dekabrida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
Turkiya energetika vaziri Alparslan Bayraktar «Akkuyu» AESining birinchi blokini 2026-yil dekabrida fizik ishga tushirish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Buning uchun sinovlarni yakunlash kerak.

11-noyabr kuni Minskda Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyov Turkiyadagi «Akkuyu» AESining birinchi energoblokini tayyorlash ishlari yakuniy bosqichga kirganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya fizik ishga tushirish 2026-yil oxirigacha amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan barcha ishlarni bajarmoqda. Lixachyov mutaxassislar birinchi yoqilgʻi kasseta(s)ini yuklashga yaqinlashayotganini ham bildirdi.
Bayraktar dekabr oyidagi rejani BMTning iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan 31-konferensiyasi (COP31) doirasida maʼlum qildi. Vazir ishga tushirishning aniq kunini aytmadi va fizik ishga tushirishdan oldin barcha ishga tushirish-sozlash sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlash zarurligini taʼkidladi. Shu tariqa, aytilgan muddat ushbu ishlar natijasiga bogʻliq.
«Akkuyu» AESi Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasiga aylanadi. Loyihani «Rosatom» Build-Own-Operate («qur — egalik qil — ekspluatatsiya qil») modeli asosida amalga oshirmoqda. Loyiha Rossiya dizaynidagi 3+ avlod VVER reaktorlariga ega toʻrtta energoblokni nazarda tutadi. Har bir blokning quvvati 1200 MVtni tashkil etadi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
