Jeyson Teytum ogʻir jarohatdan keyin NBAdagi eng sermahsul oʻyinini oʻtkazdi
«Boston Seltiks» forvardi Jeyson Teytum NBA Kubogi bahsida «Vashington Uizards»ga qarshi oʻyinda 41 ochko oldi — Axilles payi uzilganidan keyingi qaytishidan beri eng yaxshi natijasi.
25-noyabr, 11:25По-русски

championat.com
«Boston Seltiks» NBA Kubogi doirasida 25 noyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtgan bahsda «Vashington Uizards»ni 131:116 hisobida magʻlub etdi. Teytum 41 ochkosiga olti ribaund va sakkiz samarali uzatmani qoʻshdi.
Basketbolchining tiklanishdan keyingi avvalgi eng yaxshi natijasi 40 ochko edi — u bu koʻrsatkichni 28 oktabr kuni «Bruklin Nets»ga qarshi oʻyinda qayd etgan. «Vashington» bilan bahs Teytum NBA muntazam chempionatlarida kamida 40 ochko jamgʻargan 31-oʻyin boʻldi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
