Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda $10 mln grant hisobidan 20 ta agrometeorologik stansiya oʻrnatiladi

Antaliyadagi COP31da IFAD koʻmagida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish boʻyicha besh yillik loyiha ishga tushirildi.

18-noyabr, 16:22По-русски

Read in English

$10 mlnlik grant 20 ta agrometeorologik stansiya oʻrnatish, Gidrometeorologiya xizmati agentligi laboratoriyasini modernizatsiya qilish va fermerlarning ob-havo hamda iqlim maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Loyihani 2025-yil aprelida grantni maʼqullagan Moslashuv jamgʻarmasi moliyalashtiradi. Fermerlar uchun sovuq urishi, jazirama toʻlqinlari va boshqa xavfli hodisalar haqida ogohlantiruvchi, shuningdek sugʻorish va hosilni yigʻib olish muddatlari boʻyicha tavsiyalar hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklari tarqalishi prognozlarini taqdim etadigan xizmatlar yaratish rejalashtirilmoqda.