Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

GTA 6’ni bulut orqali striming qilish PS5 va PlayStation Portalʼda mumkin boʻldi

GTA 6’ning sotib olingan nusxasiga ega PlayStation Plus Premium obunachilari oʻyinni PS5 va PlayStation Portalʼda konsol xotirasida 212 GB joy band qilmasdan striming qilishi mumkin.

25-noyabr, 15:43По-русски

Read in English

engadget.com

PlayStation Storeʼdagi GTA 6 sahifasida bulut orqali striming faqat Premium tarifiga obuna boʻlganlar uchun mavjudligi koʻrsatilgan. Oʻyinni oʻrnatmasdan bulut orqali ishga tushirish mumkin, shu sababli foydalanuvchilar PS5 xotirasida 212 GB joy boʻshatishlari shart emas.

PlayStation Portal GTA 6’ni toʻgʻridan-toʻgʻri bulut xizmati orqali ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Foydalanuvchida oʻyin nusxasi va mos obuna boʻlsa, PS5’ning oʻzisiz oʻynash mumkin. Nashr muallifi bu funksiyani amalda tekshira olmadi: oʻyin va obuna turli akkauntlarda xarid qilingan.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, oʻyin nusxasini bulut orqali kompyuterda striming qilish qoʻllab-quvvatlanmaydi. Biroq Remote Play ishlaydi — u tasvirni foydalanuvchining oʻz PS5 qurilmasidan kompyuterga uzatadi. PlayStation Plus Premium uchun GTA 6 versiyasi PS5 darajasidagi sifatda ishga tushadi, Xbox Cloud Gamingʻda esa strim Xbox Series Sʼning grafik sozlamalari bilan cheklanadi.