GPSdagi nosozliklarda navigatsiya uchun «Yandex Kompas» taksilarda sinovdan oʻtkazila boshlandi
Taksi haydovchilari dastlabki 10 mingta «Yandex Kompas» qurilmasini sinamoqda. Tizim GPS yoʻqolganda yoki koordinatalar xato boʻlganda marshrutni davom ettirishga yordam beradi.

Yandex xabariga koʻra, dastlabki 10 mingta «Yandex Kompas» qurilmasini taksi haydovchilari sinamoqda. Qurilma OBD-II diagnostika ulagichiga ulanadi, tezlikni CAN-shinasidan oladi, burilishlarni giroskopda qayd etadi va maʼlumotlarni Bluetooth orqali «Yandex Pro»ga uzatadi; trayektoriya ilovada hisoblanadi.
«Kompas» tashqi koordinatalar yangilanishi oraligʻida tezlik va burchak tezligi asosida harakatni baholaydi. Boshlangʻich joylashuvni aniqlash va yigʻilgan xatoni tuzatish uchun ilova GPS hamda Wi-Fi tarmoqlari va uyali aloqa minoralaridan foydalanadigan MapsLBS xizmatiga murojaat qiladi. Qurilmaning oʻzi xaritadagi koordinatalarni aniqlamaydi.
Ishlab chiquvchilar Bluetooth Low Energyʼni tanladi: u smartfon internetiga xalaqit bermaydi, oson ulanadi va kam energiya sarflaydi. Giroskop va akselerometr maʼlumotlari 15 Gtsda, tezlik maʼlumotlari 2 Gtsda uzatiladi. Shahardagi kechikishlar va aloqa uzilishlari sabab sinovlarda keramik antenna almashtirildi.
Giroskopni barqarorlashtirish uchun qurilmaga isitish tizimi qoʻshildi. U sensorni taxminan bir daqiqada barqaror haroratga olib chiqadi, ikki oʻq boʻyicha siljish beqarorligi esa deyarli ikki baravar kamaydi. Kirish nuqtalari kam boʻlgan sohil boʻyida LBS xatosi yuzlab metrga yetgan, inersial trek ogʻishi esa qariyb 20 metr boʻlgan.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
