Apple Samsung bilan DRAM yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma tayyorlamoqda
Apple va Samsung toʻrt-besh yillik shartnoma boʻyicha muzokaralarning yakuniy bosqichida. Bitim 2027 yilning birinchi yarmida kuchga kirishi kerak.
17-noyabr, 19:20По-русски

ixbt.com
Apple Samsungdan DRAM xotirasini qisqa muddatli xarid qilishdan uzoq muddatli kelishuvga oʻtishga tayyorlanmoqda. Maeil Business Newspaper xabariga koʻra, avvalgi sxema kompaniya uchun foydasiz boʻlib qolgan.
Shartnomada past narx qatʼiy belgilanmaydi. Buning oʻrniga Samsung yetkazib berishning minimal hajmlarini kafolatlaydi, tomonlar esa yakuniy narxni bozordagi vaziyatni hisobga olgan holda oʻzgartira oladi. Taʼkidlanishicha, Apple Samsung bilan uzoq muddatli kelishuvga ega boʻlmagan dunyodagi soʻnggi yirik kompaniya edi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
