Norvegiya rossiyalik va belaruslik sportchilarning kirishiga qoʻyilgan cheklovlarni kuchaytirmoqda
Norvegiya musobaqalarda qatnashish uchun keladigan rossiyalik va belaruslik sportchilar hamda ularga hamrohlik qiluvchi xodimlarni mamlakatga kiritmaydi va ularga viza bermaydi.
18-noyabr, 13:50По-русски

nrk.no
Norvegiya hukumati ushbu toifadagi shaxslarning mamlakatga kirishi va viza olishiga rad javobi berishni buyurdi. Cheklovlar Rossiya, Belarus yoki neytral bayroq ostida ishtirok etadigan sportchilar, shuningdek, ularga hamrohlik qiluvchi xodimlarga taalluqli.
Choralar darhol kuchga kirdi. Ular Shengen hududidagi mamlakatlarda amaldagi yashash guvohnomasiga ega boʻlgan Rossiya va Belarus fuqarolariga nisbatan qoʻllanmaydi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
