NASA Artemis dasturi uchun yana $2 mlrd olishi mumkin
Oq uy Artemis dasturining yillik moliyalashtirilishini $7,8 mlrd.dan $9,8 mlrd.gacha oshirishni taklif qildi. Mablagʻ hali ajratilmadi: soʻrov Kongressga yuborildi.

AQSh maʼmuriyati NASAning Oy dasturini jadallashtirish uchun budjet tuzatishlari roʻyxatini Kongressga taqdim etdi. Qoʻshimcha $2 mlrd Artemisga yoʻnaltirilishi taklif qilinmoqda, bunda agentlikning ilmiy va boshqa loyihalari moliyalashtirilishi qisqartirilmaydi.
Ustuvor yoʻnalishlar qatorida NASAning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda skafandrlar, dvigatel qurilmalari, Space Launch System raketasi uskunalari, yashash modullari va xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqarish uchun uskunalarni yangilash bor. Bu SpaceX va Blue Origin ishlab chiqayotgan Oy qoʻnish modullarini yetkazib berish va sinovdan oʻtkazishdagi kechikishlar sharoitida yordam berishi kerak. Agentlik, shuningdek, Axiom Space kompaniyasini Oy skafandrlarini ishlab chiqishda qoʻllab-quvvatlamoqda. Maʼmuriyat qoʻshimcha mablagʻsiz dasturni jadallashtirish ishlari kechiktirilishi, Artemis muddatlari esa buzilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Soʻrov AQShning 2027-moliya yili budjetini kelishish doirasida koʻrib chiqilmoqda; hozircha NASA 11-dekabrgacha amal qiladigan vaqtinchalik moliyalashtirish asosida ishlamoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
