Tramp va Karni APEC doirasida savdo bitimini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Kanada bosh vaziri Mark Karni Xitoyda savdo bitimi ustidagi ishlarni muhokama qildi. Tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishdi.

18 noyabr kuni Xitoyda APEC doirasida Tramp va Karni bitim ustidagi keyingi ishlarni muhokama qildi, deb xabar berdi Kanada bosh vaziri devoni. Uning maʼlumotiga koʻra, hujjat ish oʻrinlarini kafolatlashi, uy-joydan foydalanish imkoniyatini oshirishi hamda Kanadaning tillari, madaniyati va suverenitetini hisobga olishi kerak.
Tomonlar muzokaralarni davom ettirish va yaqin aloqani saqlashga kelishdi. Avgust oyida AQSh va Kanada yangi savdo kelishuvlariga erisha olmadi. Shundan soʻng Vashington qiymati 20 mlrd dollar boʻlgan Kanada tovarlariga 50 foiz boj joriy etdi, Ottava esa 8 sentyabrdan AQSh importining bir qismiga bojlar kiritilishini eʼlon qildi.
Avvalroq Karni AQSh tomoni Kanadaga yetkazib beriladigan mahsulotlarni fransuz tilida majburiy markalashga qarshi ekanini aytgandi. Uning baholashicha, Vashington taklif qilgan kelishuv varianti fransuz tili va frankofon madaniyatini xavf ostida qoldirishi mumkin edi. Tramp fransuz tiliga tajovuz qilinayotganini rad etdi va uning Kanadada qoʻllanishiga qarshi emasligini bildirdi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
