Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Oʻzbekfilm filmlar ishlab chiqarish jarayoniga sunʼiy intellektni joriy etishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekfilm kino ustida ishlash jarayoniga sunʼiy intellektni joriy etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Dastlabki qadamlardan biri — 2028 yilgacha Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati va vizual merosi haqidagi raqamli bazani yaratish.

25-noyabr, 13:51По-русски

Read in English

Ushbu baza Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlanadi, undagi maʼlumotlar esa muntazam yangilanib boradi. Tashabbus 21 noyabrdagi kino sohasini isloh qilish toʻgʻrisidagi prezident farmoniga kiritilgan.

Milliy kinostudiya, shuningdek, AI Lab laboratoriyasini ochadi. Laboratoriya kino ishlab chiqarish uchun sunʼiy intellekt vositalarini ishlab chiqish va mutaxassislarni oʻqitish bilan shugʻullanadi. Bunday texnologiyalar qoʻllangan holda yaratilgan filmlar uchun President AI Award tanlovi hamda Toshkent xalqaro kinofestivalida alohida nominatsiyalar ajratiladi.

Kino sohasi xodimlari uchun har yili xorijda stajirovkalar tashkil etiladi. Moliyalashtirish 2025 yil 30 oktabrda qabul qilingan sunʼiy intellekt loyihalarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qaror doirasida koʻzda tutilgan.

Sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan filmlarning birinchi xalqaro festivalini 2027 yil yanvarida Toshkentda oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Sovrin jamgʻarmasi — 100 mln soʻm. Arizani 13 dekabrgacha topshirish mumkin.