Oʻzbekiston va Germaniya Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev 19 noyabr kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi departamenti bosh direktori Frank Hartmann bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Suhbat davomida Afgʻonistondagi joriy vaziyat va ikki mamlakatning Afgʻoniston masalasidagi hamkorligi muhokama qilindi. Asosiy mavzu xalqaro saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻldi: tomonlar Afgʻoniston aholiga gumanitar yordam koʻrsatish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlash haqida fikr almashdi.
Hartmann Toshkentning Afgʻonistonni mintaqaviy savdo, iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga jalb etishga yordam berayotgan tashabbuslariga ijobiy baho berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Afgʻoniston masalasini tartibga solish boʻyicha doimiy muloqotni davom ettirish niyatida ekanini tasdiqladi va muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazishga kelishib oldi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
