Anchelotti Braziliyani dunyodagi eng raqobatbardosh terma jamoa qilmoqchi
Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiya bilan 2:3 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng jamoani raqobatbardosh holatga qaytarish uchun koʻproq ishlashi kerakligini aytdi.

Braziliya terma jamoasida Anchelotti hozirgi ishini yangi loyiha deb atadi va jamoani avvalgi raqobatbardoshlik darajasiga qaytarish uchun hozircha qilinayotgan ishlar yetarli emasligini tan oldi.
Murabbiy terma jamoa bilan ishlash unga yoqishini, biroq braziliyaliklarga yordam berish uchun oʻz ishini yaxshilashi va koʻproq kuch sarflashi kerakligini aytdi. Anchelottining soʻzlariga koʻra, terma jamoa anchadan beri chinakam raqobatbardosh boʻlmagan.
Avvalroq Braziliya oʻrtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga 2:3 hisobida yutqazgandi. Anchelotti jamoani dunyodagi eng raqobatbardosh terma jamoaga aylantirish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilish niyatida ekanini bildirdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
