Donald Tramp Tim Kuk Nvidiaʼga rahbar boʻlishini juda istamoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Appleʼning sobiq bosh direktori Tim Kukni Jensen Huang isteʼfosidan soʻng Nvidiaʼga rahbar boʻlishga taklif qildi. Uningcha, Kuk kuchli nomzod boʻlardi.

AQShda Jensen Huang isteʼfosi eʼlon qilinganidan soʻng Nvidiaʼga kompaniyaning moliya direktori vaqtincha rahbarlik qildi. The Verge nashri Huangning ketishiga romantik aloqalari haqidagi xabarlar, jumladan Xitoy foydasiga ishlashda gumon qilinayotgan ayol bilan aloqasi sabab boʻlganini aytmoqda. Biroq maqolada bu daʼvolar tasdiqlanmagan.
Donald Tramp Tim Kuk nomzodini Truth Socialʼdagi postida ilgari surdi. U Huang ketganidan soʻng Nvidiaʼga Appleʼning sobiq rahbari boshchilik qilishi kerakligini aytib, Kukni Huang singari «afsona» deb atadi. Shu kuni eʼlon qilingan Stephen A. Smithʼs Straight Shooter podkastida AQSh prezidenti Kuk chip ishlab chiqaruvchi kompaniya uchun munosib rahbar boʻlishini yana takrorladi.
Kuk 1-sentabrda Apple rahbari lavozimini tark etib, direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimiga oʻtdi. Trampning taʼkidlashicha, Kuk Appleʼni boshqargan davrida kompaniyaning gʻoyalari va ishlanmalarini dunyodagi eng yirik bizneslardan birining poydevoriga aylantirgan. Apple va Nvidia izoh soʻrovlariga javob bermadi.
Huangning isteʼfosi haqida gapirar ekan, Tramp uning sabablariga yakuniy baho bermadi. Uning soʻzlariga koʻra, agar gumon qilinayotgan ayol haqiqatan ham josus boʻlgan boʻlsa, Huangning ketishi oʻzini oqlashi mumkin, biroq bunday tasdiq boʻlmasa, vaziyat boshqacha koʻrinishi mumkin edi. Tramp, shuningdek, Huang bilan gaplashganini va uni isteʼdodli rahbar deb bilishini aytdi. Boshqa texnologiya kompaniyalari rahbarlari Huang ketganidan soʻng uni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatladi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
