Sunʼiy intellekt sohasidagi pufak haqidagi xavotirlar jahon bozorlarini larzaga keltirar ekan, neft narxlari pasaymoqda
Sunʼiy intellekt istiqbollariga shubhalar sabab yuzaga kelgan fond bozoridagi sotuvlar neft bozoriga ham taʼsir qildi.

Maqola eʼlon qilingan paytda Brent markali neftning bir barreli $92,55, WTI nefti esa $83,45 turdi. Bu Osiyo savdolari ochilgan paytdagi darajadan past, biroq juma kungi yopilish narxidan yuqori.
Reuters maʼlumotlariga koʻra, investorlar katta darajada qarz mablagʻlari hisobiga oʻsayotgan sunʼiy intellekt sanoatining istiqbollariga shubha qilmoqda. Oʻtgan hafta Anthropic kompaniyasining IPOʻsi fonida bu xavotirlar kuchaydi va Nasdaq indeksi 10 foizga tushdi. Indeks pandemiya davridan beri bundan kuchliroq pasaymagan.
Shu bilan birga, Hormuz boʻgʻozida va Ummon qirgʻoqlari yaqinida tankerlar deyarli har kuni minalarda portlamoqda. Husiylar Saudiya Arabistonidagi obyektlarga hujum qilishda davom etmoqda. Ularning aytishicha, soʻnggi nishon Qizil dengiz sohilidagi neftni qayta ishlash zavodi boʻlgan.
Taklif talabga yetib borayotgani haqidagi xabarlar fonida neft narxlari ketma-ket uchinchi hafta pasaymoqda. Xalqaro energetika agentligi allaqachon joriy chorakda ortiqcha taklif yuzaga kelishini kutmoqda, OPEK esa talab tiklanishiga umid qilmoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
