Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi
33 yoshli hujumchi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasidan ketishini eʼlon qildi. U terma jamoadagi 16 yili uchun jamoadoshlari, murabbiylar va muxlislarga minnatdorlik bildirdi.

Lukaku Belgiya terma jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunlashini ijtimoiy tarmoqlardagi postida maʼlum qildi. U 16 yil davomida jamoa bilan turli his-tuygʻularni boshdan kechirganini aytib, futbolchilar, murabbiylar va muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.
Lukaku mamlakati safida toʻrtta jahon chempionati va uchta Yevropa chempionatida qatnashgani bilan faxrlanishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror xotirjamlik bilan qabul qilingan, milliy jamoadagi yillar esa uning hayotidagi muhim va baxtli bosqich boʻlgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
