Oskar Piastri tekshiruvdan qutulib, Las-Vegas Gran-prisida podiumni saqlab qoldi
Poyga direksiyasi Oskar Piastrining sariq bayroqlar zonasidagi ehtimoliy qoidabuzarligi boʻyicha tekshiruv boshlamadi, «McLaren» poygachisi uchinchi oʻrinni saqlab qoldi.
23-noyabr, 18:24По-русски

formula1.com
Finish oldidan hakamlar Piastri sariq bayroqlar zonasida, ehtimol Jorj Rassell trassadan chiqib ketgan joy yaqinida, tezlikni yetarlicha pasaytirgan-pasaytirmaganini tekshirdi.
Keyinroq poyga direksiyasi tekshiruv boshlamaslikka qaror qildi. Piastri uchinchi pozitsiyasini va Las-Vegas Gran-prisidagi podiumdagi joyini saqlab qoldi. Gʻalabani Maks Ferstappen qoʻlga kiritdi, ikkinchi boʻlib esa Piastrining «McLaren»dagi jamoadoshi Lando Norris keldi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
