Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

CENTCOM rahbari Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri bilan uchrashdi

CENTCOM rahbari admiral Bred Kuper Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon bilan mudofaa hamkorligi va mintaqa xavfsizligini muhokama qildi.

19-noyabr, 17:46По-русски

Read in English

SECWAR / Wikimedia Commons

19 noyabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) Kuper mamlakat mudofaa vaziri bilan uchrashdi. Tomonlar AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi mudofaa hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, Yaqin Sharqda xavfsizlik, barqarorlik va tinchlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni muhokama qildi.

Tashrif Kuperning Tel-Avivda Isroil razvedka xizmati «Mossad» rahbari va Isroil mudofaa armiyasi Bosh shtabi boshligʻi bilan uchrashuvidan keyin boʻlib oʻtdi. Isroil harbiylari muzokaralarda mintaqadagi xavfsizlik muammolari, shuningdek, AQSh bilan harbiy shaylik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalalari muhokama qilinganini maʼlum qildi.