$29,995,000 lik saroy egasi OpenAI va Anthropic aksiyalarida toʻlovni koʻrib chiqadi
Los-Anjelesdagi uy egasi Filipp Braunstayn pul oʻrniga OpenAI yoki Anthropic aksiyalari bilan toʻlovni koʻrib chiqishga tayyor.

Brentvuddagi saroy $29,995,000 ga sotuvga qoʻyilgan. Uning egasi, Colossal Properties prezidenti Filipp Braunstayn OpenAI yoki Anthropicʼdagi ulush evaziga bitim tuzish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Gap xususiy aksiyalar haqida ketayotgani sababli, yakuniy shartlar va xaridor hozircha nomaʼlum.
Braunstayn uyni 2021-yilda qurishni boshlagan. Deyarli toʻrt qavatli qarorgohda yertoʻla va Tinch okeani, Los-Anjeles markazi hamda Getty muzeyiga qaragan tom usti ayvoni bor. Asosiy qavatdagi 110 futlik shisha devor tugma bosilganda ochilib, 270 darajali panoramali manzarani yaratadi.
Egaga koʻra, bunday hisob-kitobga qiziqish uning texnologiyalarga kiritgan investitsiyalari va Los-Anjelesdagi qimmat koʻchmas mulk bozorining sekinlashuvi bilan bogʻliq. U 2023-yilda sunʼiy intellektdan faol foydalana boshlagan, keyin esa Googleʼdagi Applied AI yoʻnalishining sobiq direktori bilan birga aksiyalar savdosi algoritmini ishlab chiqishga kirishgan.
Braunstayn xususiy aksiyalar arzonlashishi, sunʼiy intellekt bozori esa tuzatish davrini boshdan kechirishi mumkinligini tan oladi. Shunga qaramay, u vaqt oʻtishi bilan bunday ulush uy uchun kelishilgan qiymatga nisbatan bir necha baravar oshishi mumkin, deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
