Metaʼning Muse AI-agentı suhbatlarni aralashtirib, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qildi
Meta xodimlarining aytishicha, Muse AI-agentı ayrim hollarda turli akkauntlardagi maʼlumotlarni aralashtirib yuborgan va foydalanuvchilarga boshqa odamlarning shaxsiy maʼlumotlarini koʻrsatgan. Bu haqda Reuters surishtiruvida aytiladi.

Reuters Metaʼning ichki yozishmalarini oʻrganib chiqdi. Ularda xodimlar Museʼdagi nosozliklarni tasvirlagan. Ularning soʻzlariga koʻra, foydalanuvchilar bolalar haqidagi soʻrovlarni, kasb boʻyicha maslahatlarni va oʻzlari bermagan buyurtmalarni, shuningdek, boshqa odamlarning bank hisoblaridagi qoldiqlarni koʻrgan.
Holatlardan birida agent ob-havo va suv qalqishlari haqidagi yozishmaga boshqa odamga tegishli Capital One va Charles Schwab hisoblari maʼlumotlari tushirilgan xabarni qoʻshib yuborgan. Boshqa bir xodimaga esa Muse shaxsiy telefonida Signal — uchdan uchigacha shifrlashdan foydalanadigan ilovada — singlisiga javob berishni eslatgan. U hamkasblariga agentga boshqa ilovalarga kirish huquqini bermaganini va undan bu haqda soʻrashganini eslamasligini yozgan.
Muse sentabr oyida ishga tushirilgan. 10 milliondan ortiq yuklab olish uni eng tez oʻsayotgan ilovalardan biriga aylantirdi. Meta izoh soʻroviga darhol javob bermadi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
