Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Respublikachilar Senat va Vakillar palatasidagi fraksiya rahbarlarini tanladi

Amerika OAV xabariga koʻra, Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyun lavozimida qoladi, Jim Jordan esa Vakillar palatasidagi ozchilik fraksiyasiga rahbarlik qiladi.

11-noyabr, 17:56По-русски

Read in English

interfax.ru

AQShda 11 noyabr kuni respublikachilar yangi chaqiriq Kongressining har ikki palatasidagi fraksiyalar rahbarlarini tanladi. Tyun partiyadoshlarining bir ovozdan maʼqullashi bilan Senatdagi fraksiya yetakchisi etib qayta saylandi.

Vakillar palatasida Jordan maxfiy ovoz berishda respublikachilarning amaldagi yetakchisi Stiv Skalizdan 106–73 hisobida ustun keldi. Bu Jordan fraksiyaga rahbarlik qilishga uchinchi bor urinishi edi.

Vakillar palatasi spikeri lavozimidan ketayotgan Mayk Jonson Jordanni tabriklab, uni ishonchga loyiq yetakchi deb atadi. Uning aytishicha, fraksiyaning boʻlajak rahbari kurashga tayyor va bu vazifani yaxshi uddalay oladi.

Yangi chaqiriq Kongressi 2027 yil 3 yanvarda ish boshlaydi. 3 noyabrdagi oraliq saylovlar yakunlariga koʻra, respublikachilar har ikki palata ustidan nazoratni boy berdi; ayrim hollarda ular oʻnlab yillar davomida ustunlik qilib kelgan shtatlarda ham magʻlub boʻldi.